platina.uz
Jamiyat

Yosh qizga tajovuz qilgan talabaga jazo kuchaytirildi

Toshkentda 15 yoshli qiz bilan jinsiy aloqa qilgan yigit 3 yilga ozodlikdan cheklangan edi. Prokuratura protestiga asosan oʻtkazilgan qayta sudda jazo yana kuchaytirilgan.

Yosh qizga tajovuz qilgan talabaga jazo kuchaytirildi

Toshkentda 15 yoshli qiz bilan jinsiy aloqa qilgan yigit 3 yilga ozodlikdan cheklangan edi. Prokuratura protestiga asosan oʻtkazilgan qayta sudda jazo yana kuchaytirilgan.

Maʼlum qilinishicha, voqea oʻtgan yilning kuzida yuz bergan. Jinoyat ishlari boʻyicha Chilonzor tuman sudining 2023 yil 13 apreldagi hukmi bilan 20 yoshli yigit Sh.X. voyaga yetmagan qiz — 2007 yilda tugʻilgan D.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 128-moddasi (16 yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoiy harakatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Bundan tashqari unga quyidagi taqiqlar yuklatilgan:

  • kafe, bar, restoran va boshqa koʻngilochar joylarga bormaslik;
  • ommaviy va boshqa tadbirlar oʻtkazishda ishtirok etmaslik;
  • mahkumlarni nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash joyini oʻzgartirmaslik hamda Toshkent shahri hududidan tashqariga chiqmaslik;
  • jabrlanuvchi D.Sh. bilan koʻrishmaslik va har qanday usulda u bilan suhbatlashmaslik;
  • alkogoli ichimliklar isteʼmol qilmaslik kabi qoʻshimcha taqiqlar (cheklashlar) yuklatilgan.

Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan keltirilgan protestga asosan ushbu jinoyat ishi Toshkent shahar sudining apellyatsiya instatsiyasida koʻrib chiqilib, jinoyat ishlari boʻyicha Chilonzor tuman sudining 2023 yil 13 apreldagi hukmi oʻzgartirilgan.

Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari boʻyicha apellyatsiya instansiyasi sudlov hayʼatining 2023 yil 18 maydagi ajrimiga koʻra, X.Sh. zimmasiga nazorat qiluvchi organning ruxsatisiz yashash, ish hamda oʻqish joyini oʻzgartirmaslik, internetdan foydalanilmaslik kabi taqiqlar (cheklashlar) qoʻshimcha ravishda yuklatilgan.

Xabarda keltilishicha, Jinoyat kodeksining 13-moddasi (qonunning vaqt boʻyicha amal qilishi) ning talabiga koʻra Sh.X. ga Jinoyat kodeksining 2023 yil 11 aprelga qadar amalda boʻlgan 128-moddasi sanksiyasi doirasida jazo tayinlangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda yigitning Toshkentdagi nufuzli universitet talabasi ekani aytilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid