platina.uz
Jamiyat

Xorazmda qaynota kelinini pichoqlab oʻldirdi

Ushbu holat yuzasidan ayblanuvchi shaxsga nisbatan "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Xorazmda qaynota kelinini pichoqlab oʻldirdi

Xorazm viloyatining Shovot tumanida 1961 yilda tugʻilgan erkak 33 yoshli kelini bilan oʻzaro kelishmovchilik natijasida janjallashib qolgan. Natijada qaynota oshxona pichogʻi bilan kelinining koʻkrak sohasiga bir marotaba urib, oʻldirib qoʻygan.

Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Xayot Shamsutdinov xabar berishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Ayblanuvchi shaxsga nisbatan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid