U-20 Jahon chempionati. Oʻzbekistonning JChdagi taqdiri maʼlum boʻladi
Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi U-20 Jahon chempionati guruh bosqichining soʻnggi turida Gvatemalaga qarshi oʻyin oʻtkazadi.

Bugun 20 yoshli futbolchilar oʻrtasida jahon chempionatining 3-turi doirasida Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Gvatemalaga qarshi oʻynaydi.
Ravshan Haydarov ustozligidagi yoshlar terma jamoasining "Estadio Unico Madre de Ciudades" stadionida oʻtadigan bahs Toshkent vaqti bilan tunggi soat 02:00da boshlanadi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston ikkita oʻyindan 1 ochko toʻplagan, Gvatemala esa ikkala bahsda yutqazgan. Guruhda Argentina 6 ochko toʻplagan boʻlsa, Yangi Zelandiya hisobida 4 ochko mavjud.