platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston xalq artisti Qizlarxon Doʻstmuhammedova vafot etdi

Platina.uz jamoasi marhumaning yaqinlari va oila aʼzolariga hamdardlik bildiradi.

Oʻzbekiston xalq artisti Qizlarxon Doʻstmuhammedova vafot etdi

Oʻzbekiston xalq artisti, raqqosa Qizlarxon Doʻstmuhammedova vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

Q.Doʻstmuhammedova 1946 yil, 25 oktabr sanasida Toshkent shahrida tavallud topgan. Dastlab 1965 yilda Toshkent davlat universitetini, 1977 yilda Toshkent teatr va rassomchilik sanʼati instituti (hozirgi Sanʼat va madaniyat instituti) tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1965 yilda M.Qori-Yoqubov nomidagi Oʻzbek Davlat filarmoniyasi balet solisti sifatida boshlagan va 1989 yilga qadar faoliyat olib borgan.

Q.Doʻstmuhamedova lirik raqqosa, raqslari nafis va jozibali harakatlarga boyligi bilan ajralib turadi. “Goʻzal”, “Tong malikasi”, “Goʻzal tong”, “Intizor”, “Buxoro yulduzi”, “Sevgi taronasi”, “Nozli” kabi zamonaviy, shuningdek, “Munojot”, “Tanavor”, “Moʻgʻulchai segoh”, “Qorakoʻzim”, “Guluzorim”, “Savti miskin” va bilan mumtoz raqslari mashhur.

“Shashmaqom” telefilmida qatnashgan (1972), “Tanavor” raqs ansambli (Sietl, AQSh)da oʻzbek raqslarini sahnalashtirgan. Doʻstmuhamedova ijodiga bagʻishlab “Nafosat guldastasi” nomli film ishlangan (1985). “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan (2000).

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid