platina.uz
Jamiyat

Instagramdagi video uchun sudlandi? Unda aktyor va rejissyorlarni qachon jazolaysizlar?

Yo qonunlar hammaga birdek ishlasin, yoki qonunlarni faqat kayfiyatga qarab jazolaymiz, deb oʻzgartiringlar.

Instagramdagi video uchun sudlandi? Unda aktyor va rejissyorlarni qachon jazolaysizlar?

Bloger Doniyor Qayumov oʻzining Instagram sahifasiga ayollarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikni targʻib qiluvchi videotasvirni joylashtirgan deb topilgan va sud unga 6 mln. soʻm jarima belgilagan.

Xabarga koʻra, bloger bu videoni 2023 yil 20 fevral kuni oʻzining Instagram sahifasiga joylagan. Sud majlisida u aybiga iqrorligini bildirib, mazkur videoni yuklaganidan soʻng 4-5 soat oʻtib oʻchirib yuborganini aytgan.

Shuningdek, bu videoni olishdan maqsad ayollarga tazyiq yoki zoʻravonlik koʻrsatish emasligi, holat boshqa qaytarilmasligi, qilmishidan pushaymonligini aytib, suddan unga nisbatan yengillik berishni soʻrab, koʻrsatma bergan.

Bu harakati bilan u Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 189−1-moddasi (Tazyiqni, zoʻravonlikni yoki shafqatsizlikni targʻib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish)da koʻrsatilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilgan.

Unga BHMning 20 baravari miqdorida, yaʼni 6 million soʻm jarima jazosi tayinlangan.

Vaynerlik va blogerlik ham ayni paytda madaniy hordiq sababchisi, sanʼat sifatida koʻriladi. Holbuki, qonunchiligimizda bunday atamalarga taʼrif berilmagan. Balki oʻzgartirish kerakdir.

Lekin shunisi aniqki, televizordami, internedami sahnalashtirilgan video namoyish etilsa, bu oʻz nomi bilan sahnalashtirilgan boʻladi. Eng katta misol, kino va seriallar. Oʻzbek kinosida bunaqa mayda, maishiy mavzu juda koʻp, ayniqsa, oilaviy tazyiqlar, zoʻravonliklar, mafiyalar, qurolda otishmalar ham bor.

Kelishib olaylik. Yo qonunlar hammaga birdek ishlasin, yoki qonunlarni faqat kayfiyatga qarab jazolaymiz, deb oʻzgartiringlar. Axir mantiq boʻlishi kerak-ku.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid