platina.uz
Jahon

Florida shtati gubernatori Ron DeSantis AQSh prezidentligiga nomzodini qoʻydi

AQShning Florida shtati gubernatori Ron DeSantis AQSh Federal saylov komissiyasiga 2024 yilgi prezidentlik saylovlari uchun nomzodlik arizasini topshirdi. Associated Press nashri shu haqda xabar bergan.

Florida shtati gubernatori Ron DeSantis AQSh prezidentligiga nomzodini qoʻydi

Associated Press ga koʻra, gubernator oʻzining prezidentlik poygasiga qoʻshilishi haqida biznesmen Ilon Mask bilan Twitter Spaces platformasida jonli efir chogʻida rasman eʼlon qiladi.

Bu yil 44 yoshga toʻladigan Ron DeSantisning AQSh Respublikachilar partiyasidagi obroʻsi kun sayin oshib bormoqda. U 2015 yildan 2018 yilgacha AQSh Vakillar palatasining aʼzosi, keyinroq Florida gubernatori boʻlgan. DeSantis 2022 yilda gubernator sifatida bir qator qonunlarni, jumladan, abortlarni cheklash, qurol olib yurishni osonlashtirish va transgenderlik operatsiyalarini taqiqlovchi qonunlarni imzolagan. Saylovda u 20% koʻp ovoz bilan ikkinchi muddatga qayta saylandi.

Prezidentlik saylovlarida Respublikachilar partiyasidan koʻrsatiladigan nomzodlik uchun kurashda DeSantisga AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp raqiblik qiladi

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid