platina.uz
Jamiyat

Fargʻonada tuman hokimi lavozimiga tayinlash evaziga 80 ming dollar talab qilgan shaxslar ushlandi

Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti tomonidan Uchkoʻprik tuman hokimi lavozimiga tayinlash evaziga 80 ming AQSh dollarini talab qilgan shaxslar qoʻlga olindi.

Fargʻonada tuman hokimi lavozimiga tayinlash evaziga 80 ming dollar talab qilgan shaxslar ushlandi

IIV Tezkor-qidiruv departamenti tomonidan tuman hokimi lavozimiga tayinlash evaziga 80 ming dollar talab qilgan shaxslar qoʻlga olindi.

Maʼlum qilinishicha, 18 may kuni IIVga Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanida yashovchi fuqarodan ariza kelib tushgan. Unga koʻra, 2023 yilning aprel oyida oʻzini Prezident Administratsiyasi xodimi sifatida shaxs va sherigi unga Uchkoʻprik hamda Beshariq tumanlari hokimlari 30 aprel kuni referendum oʻtgandan soʻng, lavozimdan boʻshatilishlarini aytgan. Ularning oʻrniga nomzod qidirib yurganliklarini, Uchkoʻprik tuman hokimi lavozimiga tayinlanishini hal qilib berish evaziga 80 ming AQSh dollari, shundan hujjatlarni rasmiylashtirish uchun avvaldan 25 ming AQSh dollari talab qilgan.

Ushbu arizaga asosan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Mirobod tumanida ikki nafar shaxs ariza muallifidan talab etilgan pullardan 25 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ularning yonidan bir nechta fuqarolarni rahbarlik lavozimlariga tayinlanishini soʻrab, Prezident Administratsiyasi nomiga yozilgan ariza va ilova hujjatlari tekshirib koʻrish uchun olingan.

Holat yuzasidan IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, har ikki gumonlanuvchi qamoqqa olingan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid