Air Products Buxoroga ham katta investitsiya kiritadi
Shavkat Mirziyoyev Air Products kompaniyasi bosh ijrochi direktori Seyfi Gasemi bilan uchrashdi.

Air Products yana bir yirik loyihada – kamida 700 million dollarlik investitsiyalarni jalb qilgan holda Buxoro viloyatida MTO texnologiyasi asosida gaz-kimyo majmuasi qurilishida qatnashadi.
Bugun, 26 may kuni Shavkat Mirziyoyev Air Products kompaniyasi bosh ijrochi direktori Seyfi Gasemi bilan uchrashgan.
Eslatib oʻtamiz, bu kompaniya kuni kecha 1 milliard dollar miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilgan holda Qashqadaryo viloyatidagi GTL zavodining uchta sanoat gaz uskunasini xarid qilgan.




