platina.uz
Jamiyat

Toshkentda terrorchilik tashkilotining 8 nafar aʼzolari qoʻlga olindi

Ular Toshkent shahri hududida jamoaviy yigʻinlar oʻtkazib, kelgusida Suriya davlati hududida faoliyat yuritayotgan terrorchilik tashkilotlarining safiga borib qoʻshilishni rejalashtirgan. 

Toshkentda terrorchilik tashkilotining 8 nafar aʼzolari qoʻlga olindi

Toshkent shahrida terrorchilik tashkilotining bir guruh yashirin aʼzolari qoʻlga olindi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 20 may kuni huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida “Tavhid va jihod katibasi” nomli terrorchilik tashkilotining 8 nafar yashirin aʼzosi ushlandi. Ular Toshkent shahri hududida jamoaviy yigʻinlar oʻtkazib, kelgusida Suriya davlati hududida faoliyat yuritayotgan terrorchilik tashkilotlarining safiga borib qoʻshilishni rejalashtirgan.

Shuningdek, ular terrorchilik tashkiloti yetakchilari bilan internet tarmogʻi va turli ijtimoiy messenjerlar orqali aloqa oʻrnatib, ularning koʻrsatmalari asosida aholi orasida tashkilot gʻoyalarini targʻib qilish va tashkilot safini kengaytirish bilan shugʻullanib kelgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoq tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid