Osiyo Kubogi saralash bosqichiga qurʼa tashlandi
Temur Kapadze ustozligidagi Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi saralash bahslarini Toshkentda oʻtkazadi.

Bugun 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasida oʻtkaziladigan Osiyo Kubogi saralash bosqichiga qurʼa tashlandi.
Unga koʻra, Temur Kapadze boshchiligidagi Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi "E" guruhida ishtirok etadi. Guruhda Eron, Gonkong va Afgʻoniston terma jamoalari oʻrin oldi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi joylashadigan guruh uchrashuvlari Oʻzbekiston maydonlarida boʻlib oʻtadi. Oʻyinlar joriy yilning 4-12 sentabr kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Osiyo kubogi esa 2024 yilda Qatarda boʻlib oʻtadi.