platina.uz
Jamiyat

Namanganda Nexia-2 haydovchisi ikki piyodani urib yubordi

Ushbu voqea natijasida piyodalar ogʻir tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramay ulardan biri vafot etgan.

Namanganda Nexia-2 haydovchisi ikki piyodani urib yubordi

Namangan viloyati IIB matbuot xizmatining xabariga koʻra, 24 may kuni soat 22:45 larda Davlatobod tumani "I.Karimov" koʻchasida 1998 yilda tugʻilgan fuqaro Nexia-2'ni boshqarib ketayotib harakat xavfsizligini taʼminlay olmasdan yoʻlning chap tomonidan oʻng tomoniga oʻtayotgan 1999 va 2002 yilda tugʻilgan piyodalarni urib yuborgan.

Hodisa oqibatida piyodalar ogʻir tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ammo koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramay ulardan biri vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid