Italiya kubogining bu yilgi sohibi aniqlandi
Bu oʻyin YeChL finali oldidan oʻziga xos mashgʻulot boʻldi, deyish mumkin.

Kecha tunda Italiya kubogi finali boʻlib oʻtdi va unda Milanning "Inter" jamoasi gʻalaba qozondi.
Rimda boʻlib oʻtgan finalda "Fiorentina" va "Inter" jamoalari oʻzaro kuch sinashdi. Oʻyinda hisobni rasmiy mezbonlar ochgan boʻlsa-da, keyinchalik Lautaro Martines dubl qayd etib, gʻalabani ilib ketdi.
Shu tariqa "Inter" ketma-ket ikkinchi marta ushbu kubokni qoʻlga kiritdi. Bu oʻyin YeChL finali oldidan oʻziga xos mashgʻulot boʻldi, deyish mumkin. Chunki 10 iyun kuni YeChL finalida milanliklar "Manchester Siti"ga qarshi maydonga tushadi.
Italiya kubogi, final
"Fiorentina" - "Inter" 1:2
Gollar: Gonsales 3 - Martines 29, 39




