platina.uz
Jahon

Xitoy soʻnggi imperatorining soati auksionda rekord qiymatda sotildi

The Patek Philippe soatsozlik kompaniyasining Ref 96 Quantieme Lune rusumidagi soati bir paytlar Xitoyning Sin sulolasining oxirgi imperatori Aysingyoro Pu Iga tegishli boʻlgan.

Xitoy soʻnggi imperatorining soati auksionda rekord qiymatda sotildi

Bir vaqtlar Xitoyning Sin sulolasining soʻnggi imperatoriga tegishli boʻlgan soat kim oshdi savdosida rekord qiymat - 49 million Hongkong dollariga (6,2 million AQSh dollari) sotildi. Pu Ining hayoti va siyosiy faoliyati 1987 yilda “Oskar” mukofotiga sazovor boʻlgan “Soʻnggi imperator” filmiga asos boʻlgan.

Londonda joylashgan Philips auksion uyiga koʻra, Honkongda yashovchi osiyolik bir kolleksioner telefon orqali savdo qilib, noyob The Patek Philippe Ref 96 Quantieme Lune soatini sotib oldi. Soatda toj shaklidagi darchada oy fazalari aks etib turadi.
Bu soat juda oz miqdorda chiqarilgan The Patek Philippe Ref 96 Quantieme Lune soatlaridan biri boʻlib, Pu I uni Sovet Ittifoqi tomonidan qamoqqa tashlanganida rus tarjimoniga sovgʻa qilgan. Shu paytgacha yaxshi saqlangan soat savdo oldidan 3 million dollarlik marrani osongina ortda qoldirdi.

Xaridorning premium toʻlovini hisobga olganda, uning 40 million Honkong dollarini (5,1 million AQSh dollar) tashkil etdi.

Xaridorning premium toʻlovi bilan umumiy narx taxminan 6,2 million dollarni tashkil etdi.

Phillips Asia auksion uyining soatlar boʻlimi rahbari Tomas Peratssi Reuters axborot agentligiga bu bir vaqtlar imperatorga tegishli boʻlgan qoʻl soatlari uchun "eng yuqori natija" ekanini aytdi.

Imperatorlarga tegishli boʻlgan va auksionda sotilgan boshqa soatlar orasida soʻnggi Efiopiya imperatori Xayle Selassiyega tegishli boʻlgan, 2017 yilda 2,9 million dollarga sotilgan Patek Philippe soati ham bor.

Vetnamning oxirgi imperatori Bao Dayga tegishli Rolex soati 2017 yilda boʻlib oʻtgan kim oshdi savdosida 5 million dollarga sotilgan edi.

1906 yilda tugʻilgan Pu I Xitoyning Sin sulolasining soʻnggi imperatori boʻlib, u ikki yoshida hukmronligini boshlagan va 1912 yilda taxtdan voz kechishga majbur boʻlgan. Taxtdan voz kechganidan soʻng 20 yildan koʻproq vaqt oʻtgach, u Yaponiya tomonidan bosib olingan Manchjuriyaning qoʻgʻirchoq rahbari etib tayinlandi. 1945 yilda Yaponiya Ikkinchi Jahon urushida magʻlubiyatga uchragach, Pu I Xitoyning Shenyan aeroportida Sovet Qizil Armiyasi tomonidan qoʻlga olingan. U harbiy asir sifatida hibsda ushlangan va Rossiyaning Xabarovsk shahridagi qamoqxona lagerida besh yil qamalgan.

Pu I deyarli 10 yil qamoqda “oʻtirib”, ozodlikka chiqqach, Xitoyga qaytib kelganida, u bir qancha oddiy ishlarda xizmat qilgan. Jumladan, Pekindagi hozirgi Xitoyning Milliy botanika bogʻida bogʻbon boʻlib ishlagan. Pu I 1967 yilda 61 yoshida vafot etgan.

Buyuk Britaniya Auksion uyi Pu I bu soatni oʻzi bilan lagerga olib kelganini tasdiqlovchi hujjatlar borligini aytdi. Phillips bu soat tarixini tadqiq qilish va uning kelib chiqishini tekshirish uchun soat mutaxassislari, tarixchilar, jurnalistlar va olimlar bilan uch yil hamkorlikda ishlagan. 2001 yilda Pu Ining tarjimoni Georgiy Permyakovdan intervyu olgan jurnalist Rassell Vorkingning aytishicha, Pu I soatni Permyakovga Sovet Ittifoqidagi soʻnggi kunida, Xitoyga ekstraditsiya qilinishidan biroz oldin bergan. Keksa tarjimon bu soatni tortmasidan olib berganida uning asil qiymatini bilmas edi, dedi auksion uyining tadqiqot guruhi vakili Vorking.

Peratsi Reuters agentligiga bu soat oʻsha paytda ishlab chiqarilgan eng yaxshi Patek ekanini aytdi. Pu Ining jiyani Aisin-Gioro Yuyuanning xotiralariga koʻra, soat taxtdan agʻdarilgan imperatorning "shaxsiy buyumi" boʻlib, qamoqxonadan chiqqanida uni rus tarjimoni Permyakovga saqlash uchun topshirgan. Permyakovning oilasi esa Pu Ining buyumlarini bir necha yil oldin yevropalik nomaʼlum kolleksiyachiga sotgan.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid