Toshkentda maktab oʻquvchisi tanishini pichoqlab qoʻydi
Olmazor tumanida 19 yoshli maktab oʻquvchisi tanishini pichoqlab oʻldirdi. Holat boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

22 may kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida 242-maktab oʻquvchisi tanishini pichoqlab oʻldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning platina.uz'ga maʼlum qildi.
2004 yilda tugʻilgan bola (242-sonli maktab oʻquvchisi) uning Samsung telefonini olib qoʻyishga harakat qilgan tanishi bilan janjallashib, oʻtkir tigʻli jism bilan bir necha marotaba tan jarohat yetkazgan va voqea joyidan yashiringan.
Oqibatda olingan tan jarohatlari natijasida jabrlanuvchi shaxs vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan JKning 97-moddasi (qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Gumonlanuvchi shaxs ushlangan.