platina.uz
Jamiyat

“Tashabbusli byudjet”da sifatsiz ishlar va qoʻshib yozish holatlari aniqlandi

Toshkent viloyatida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida hududning 8 nafar mansabdor shaxslar intizomiy, 21 nafar mansabdor shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortildi, qoʻpol qonunbuzilish holatlari yuzasidan 9 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

“Tashabbusli byudjet”da sifatsiz ishlar va qoʻshib yozish holatlari aniqlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5072-son qarori ijrosi oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishi ustidan qatʼiy prokuror nazorati oʻrnatilgan.

“Tashabbusli byudjet” dasturi doirasida Toshkent viloyatida 2022 yilda jami 346 ta loyihalarning qurilish-taʼmirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish ishlari yakunlandi.

Xususan, aholiga toza ichimlik suvi yetkazib berish maqsadida 30,1 km. yangidan ichimlik suvi tarmogʻi tortilib, 9 ta suv inshooti oʻrnatilishi natijasida 19 ta ichimlik suvi va 2 ta oqova suv obʼektlarida qurilish – montaj ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirildi.

Ichki yoʻllarni taʼmirlash sohasida 134 ta ichki yoʻllar foydalanishga topshirilib, abgor holatdagi 232,2 km. yoʻllarga asfalt, 6 km. yoʻllarga qum-shagʻal qoplanmasi yotqizildi.

Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 21 ta qurilish obʼektlari foydalanishga topshirilib, 21 km. elektr tarmogʻi tortildi, 493 ta simyogʻoch hamda 6 ta transformatorlar oʻrnatildi.

Shuningdek, 112 ta maktab, 23 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti, 22 ta sogʻliqni saqlash, 7 ta sport hamda 6 tal MFY binolari obʼektlarida qurilish-taʼmirlash hamda moddiy-texnika bazasini rivojlantirish ishlari yakunlandi.

Viloyat prokuraturasi organlari tomonidan qurilish obʼektlarini joyga chiqqan holda oʻrganish davomida 54 ta holatda 1,8 mlrd. soʻmlik sifatsiz ishlar, 39 ta holatda 1,2 mlrd. soʻmlik qoʻshib yozish holatlari aniqlanib, bartaraf qilindi.

Nazorat tadbirlari davomida, 8 nafar mansabdor shaxslar intizomiy, 21 nafar mansabdor shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortildi, koʻpol qonunbuzilish holatlari yuzasidan 9 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid