platina.uz
Jamiyat

Singapur prezidentining ilk tashrifi qanday oʻtdi?

Singapur prezidenti Halima Yoqubning Oʻzbekistonga birinchi rasmiy tashrifi doirasida bir qator kelishuvlar, shartnomalar imzolandi.

Singapur prezidentining ilk tashrifi qanday oʻtdi?

Bugun, 24 may kuni “Koʻksaroy” qarorgohida Singapur prezidenti Halima Yoqubni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.

Qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni kutib oldi. Harbiy orkestr ikki davlat madhiyalarini ijro etdi.

Soʻng davlat rahbarlarining muzokaralari boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va oziq-ovqat mahsulotlarining Singapur bozoriga yetkazib berilishini yoʻlga qoʻyish masalalari koʻrib chiqildi.

Qayd etilishicha, Davlat boshqaruvi akademiyasi negizida tashkil etilgan qoʻshma taʼlim markazi doirasida Singapurning davlat boshqaruvi va boshqaruv kadrlarini tayyorlash borasidagi tajribasini joriy etiladi.

Shu kuni Shavkat Mirziyoyev va Halima Yoqub huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tashrif davomida quyidagi hujjatlar imzolandi:

  • Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Singapur Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2023-2026 yillarga moʻljallangan hamkorlik toʻgʻrisida memorandum;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Singapur Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Singapur Respublikasi Adliya vazirligi oʻrtasida 2023-2024 yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi va Singapur Respublikasi Savdo va sanoat vazirligi huzuridagi Singapur turizm boshqarmasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi va Singapur turizm agentliklari milliy assotsiatsiyasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Singapur hamkorlik agentligi oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, “yashil” iqtisodiyot sohasidagi qoʻshma faoliyat toʻgʻrisida hamkorlik bitimi;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi va Singapur Respublikasi Biznes federatsiyasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum.

Oʻzbekiston-Singapur sammiti yakunida “Koʻksaroy” qarorgohida daraxt ekish marosimi boʻlib oʻtdi. Prezidentlar Faxriy mehmonlar xiyobonida archa ekdilar.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid