Ronaldu golni sajda qilib nishonladi
Ronaldu gʻalaba golini kiritdi va golni oʻziga xos tarzda, qiblaga sajda qilgan holda nishonladi.

Saudiya Arabistoni chempionatida oʻynayotgan futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu oʻzi urgan golni qiblaga sajda qilgan holda nishonladi.
"Ash-Shabob" jamoasiga qarshi oʻyinda "An-Nasr" 2:0 hisobida ortda borayotib ajoyib kambek qildi va hisobni 3:2 koʻrinishiga keltirdi.
Shundan soʻng Ronaldu gʻalaba golini kiritdi va golni oʻziga xos tarzda, qiblaga sajda qilgan holda nishonladi. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga aylandi.