Olmaliqda “Damas” urib ketgan oʻquvchi qizlardan biri shifoxonada vafot etdi
Joriy yil 15 may kuni Toshkent viloyati Olmaliq shahrida “Damas”da piyodalar yoʻlakchasidan oʻtayotgan 14 yoshli ikki nafar oʻquvchi qizni urib yuborib, yoʻl-transport hodisasi sodir etgandi.

IIBB Axborot xizmati xabar berishicha, bugun, 24 may kuni YTH ishtirokchilaridan biri, 2009 y.t. M.Y. (maktab oʻquvchisi) olib borilgan tibbiy muolajalarga qaramay, shifoxonada vafot etdi.
Qayd etilishicha, mazkur YTHga haydovchi svetoforning qizil chirogʻida harakatlangani sabab boʻlgan edi.