platina.uz
Maqola

Dunyoning eng baxtli va baxtsiz davlatlari reytingi eʼlon qilindi

Hanke's Annual Misery Index (HAMI) 2022 yil uchun dunyoning eng baxtli va baxtsiz mamlakatlari roʻyxatini eʼlon qildi. Oʻzbekistonning ham oʻrni maʼlum boʻldi.

Dunyoning eng baxtli va baxtsiz davlatlari reytingi eʼlon qilindi

Tadqiqotchilar reytingni ishsizlik darajasi, inflyatsiya va bank kreditlari stavkalari yigʻindisi, aholi jon boshiga real yalpi ichki mahsulotning yillik oʻsish foizi kabi koʻrsatkichlarga asoslab tuzgan.

Qashshoqlik indeksining bu yilgi roʻyxatidan 157 ta davlat oʻrin olgan. Unga koʻra, Zimbabve davlati aholisi dunyoda eng baxtsiz deb baholangan. Bunga sabab sifatida esa yuqori inflyatsiya darajasi keltirilgan. Mamlakatda 2020 yil 319 foizlik giperinflyatsiya kuzatilgan. Zimbabvening yalpi ichki mahsuloti hajmi 20,2 milliard dollarga teng boʻlgan. Bu boʻyicha jahonda 129 oʻrinda turadi.

Zimbabvedan keyingi oʻrinlarda Venesuela, Suriya, Livan, Sudan, Argentina, Yaman, Ukraina, Kuba va Turkiya kabi mamlakatlar eng baxtsiz davlatlarning oʻnligini tashkil etgan.

Oʻzbekiston esa roʻyxatning 46-pogʻonasida joylashib, mamlakatning baxtsizlik indeksi 44,4 ga baholangan. Davlatning baxtsizlik darajasiga eng koʻp taʼsir qiluvchi omil cifatida bank kredit stavkasining yuqoriligi koʻrsatilgan.

Markaziy Osiyoning yana bir davlati Qozogʻiston 47-oʻrindan joy egalladi. Mamlakatning asosiy muammosi inflyatsiyaning yuqori koʻrsatkichi ekani qayd etilgan. Qirgʻiziston roʻyxatning 57-oʻrnida qayd etilib, qoʻshni davlatning asosiy muammosi ham bank foiz stavkasining yuqoriligi maʼlum qilingan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid