Buxoroda oilaviy shifokorlik punktini fohishaxonaga aylantirgan erkak ushlandi
U 90 ming soʻm evaziga erkak va ayolga sharoit yaratib bergan.

Buxoro viloyatidagi oilaviy shifokorlik punktlarining birida fohishaxona tashkil qilgan erkak qoʻlga olindi. Bu haqda Buxoro IIB Matubot xizmati xabar berdi.
Romitan tumani "Mirishkor" mahallasida yashovchi, 1965 yilda tugʻilgan N.F. ismli erkak ushbu mahalla hududida joylashgan tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli "Musicha" oilaviy shifokorlik punkti (OShP)da 2023 yil 11 may kuni soat 01:00 larda boshqa fuqarolar B.Ch. ismli erkakning O.Sh. ismli ayol bilan jinsiy aloqada boʻlishi uchun 90 ming soʻm miqdoridagi pullarni olib, alohida xona boʻshatib, shart-sharoit yaratib bergan va bu faoliyatdan daromad olib, fohishaxona tashkil etish va saqlash jinoyatini sodir qilgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB TB tomonidan N.F. ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.