Qamchiq dovonida DAF yuk mashinasi yonib ketdi
Maʼlum qilinishicha, voqea joyiga 2 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji yetib borgan va yongʻin zudlik bilan bartaraf etilgan.

23 may kuni soat 01:06 da Namangan viloyati Pop tumani "Sadoqat" MFY hududidan oʻtgan A-373 avtomobil yoʻlining 277.5 kilometrida "Vodiy-Toshkent" yoʻnalishida harakatlanib ketayotgan DAF rusumli yuk avtomobilida yongʻin yuzaga keldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 2 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 01:47 da hodisa joyiga yetib borib, yongʻin soat 01:50 da qurshab olingan va soat 02:00 da oʻchirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.
Yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.