platina.uz
Jamiyat

Andijonda mansabdor Umra ziyorati uchun olgan 1,6 mlrd soʻm pulni onlayn qimorga tikib yubordi

U 2019 yildan boshlab umra ziyoratlari xarajatlari uchun amalga oshirilgan toʻlov pullarini Musulmonlar idorasi hisobraqamiga kirim qilmagan.

Andijonda mansabdor Umra ziyorati uchun olgan 1,6 mlrd soʻm pulni onlayn qimorga tikib yubordi

Andijon viloyati Xoʻjaobod tumanida mansabdor Umra ziyoratiga yuborish maqsadida fuqarolardan olgan 1 millard 650 million soʻm pulini onlayn qimor oʻyinlariga tikib yuborgan. Bu haqda Markaziy studiya dasturida xabar berildi.

Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Xoʻjaobod tumani mutaxassisi 2019 yildan boshlab umra ziyoratlari xarajatlari uchun amalga oshirilgan toʻlov pullarini Musulmonlar idorasi hisobraqamiga kirim qilmagan. U fuqarolarga toʻlov cheki safarga chiqayotganlarida berilishini aytgan.

Ushbu holat yuzasidan uzoq davom etgan tergov yakunlanib, ish sudga oshirilgan. Biroq sud zalida ayblanuvchining pullarni qaytarib berish vaʼdasiga ishonib, oʻz arizasini qaytarib olgan jabrlanuvchilar yana chuv tushgan. Ularga yetkazilgan moddiy zarar sud qarorida inobatga olinmagan.

Firibgarlikni sodir etgan shaxs ikki yil mansabdorlik va javobgarlik yuklatilgan vazifalarda ishlash vakolatidan mahrum boʻlgan hamda 5 yilga qamalgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid