Toshkentda qurilish boʻlimi bosh mutaxassisi qoʻlga tushdi
U bino inshootni foydalanishga qabul qilish uchun ruxsatnomani olib berish evaziga 1 500 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bino inshootni foydalanishga qabul qilish uchun ruxsatnoma olib berishni vaʼda qilgan bosh mutaxassis ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining Yunusobod tuman qurilish boʻlimi bosh mutaxassisi A.Yu. fuqaro O.A.ga goʻyoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali qurilishi tugallangan bino inshootini foydalanishga qabul qilish uchun ruxsatnoma olib berishi evaziga 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.