platina.uz
Jamiyat

Talabalar uchun har oylik stipendiya toʻlanadigan oʻquv kurslari tashkil etiladi

Oʻquv kurslarida oʻqishi davomida talabalar har oyda bir marotaba 1 million 320 ming soʻmdan ragʻbatlantirilib boriladi.

Talabalar uchun har oylik stipendiya toʻlanadigan oʻquv kurslari tashkil etiladi

Vazirlarn Mahkamasining "Mirzo Ulugʻbek vorislari" tayyorlov oʻquv kurslarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilindi.

Oʻquv kurslari quyidagi yoʻnalishlarda tashkil etiladi:

  • axborot texnologiyalaridan va kommunikatsiyalardan foydalanish (boshlangʻich)
  • matematika statistika
  • algoritmlash asoslari
  • maʼlumotlarni qayta ishlash
  • dasturlash tillari (Phthon)
  • ingliz tili
  • qaror qabul qilish asoslari

Oʻquv kurslari jamoa boʻlib ishlash va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha ham tashkil etilishi mumkin. Birinchi oʻquv yilida kamida 60 nafar tinglovchi qabul qilinadi, keyingi yillarda tinglovchilar soni ehtiyojdan kelib chiqib, oshirib boriladi.

Taʼlim olish 34 hafta muddat davomida “Blending learning — aralash taʼlim texnologiyasi” asosidagi oʻquv dasturiga muvofiq tashkil etiladi.

Ushbu kurslarda oʻqish uchun tanlovning birinchi yilida respublika davlat OTMlarining bakalavriat bosqichida (barcha taʼlim shakli boʻyicha) 2-kursni muvaffaqiyatli tamomlagan (akademik qarzdorligi boʻlmagan) talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Ushbu oʻquv kurslariga qabul qilingan respublika hududlaridagi talabalarining oʻqishini mos va turdosh yoʻnalishlarda Toshkent shahrida joylashgan davlat OTMlariga akademik mobillik asosida bir yil muddatga koʻchiriladi.

Oʻquv kurslariga qabul qilingan talabalar (tinglovchilar):

  • ushbu oʻquv kurslarida oʻqishi davomida BHMning toʻrt baravari (1 million 320 ming soʻm) miqdorida har oyda bir marotaba ragʻbatlantirib boriladi;
  • Turar joy bilan taʼminlanadi yoki asosiy oʻqish joyi boʻlgan hududlardagi davlat OTMlari tomonidan belgilangan tartibda ijara toʻlovlarining bir qismi qoplab beriladi;
  • Oʻqishi davomida bir mahal issiq ovqat bilan taʼminlanadi;
  • taʼlim olish muddatiga zarur kompyuter jihozlari (noutbuk va boshqalar) taqdim etiladi;
  • IT-park rezidentlari boʻlgan tashkilotlarda amaliyotlarda qatnashishi taʼminlanadi;
  • Oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi va Toshkent shahridagi Inxa universiteti tomonidan tasdiqlanadigan tegishli yoʻnalishi boʻyicha davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid