Singapur prezidenti ilk bor Oʻzbekistonga kelyapti
Tashrif davomida Koʻksaroy qarorgohida rasmiy kutib olish marosimi va mehmon sharafiga ziyofat beriladi.

23-25 may kunlari Singapur prezidenti Halima Yoqub tarixda birinchi marta rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga tashrif buyuradi.
Uni Shavkat Mirziyoyev taklif qilgan. Tashrif davomida Koʻksaroy qarorgohida rasmiy kutib olish marosimi va mehmon sharafiga ziyofat beriladi.
Shuningdek, prezidentlar Oʻzbekiston-Singapur tadbirkorlari bilan ikki davlat biznes forumi doirasida uchrashuv ham oʻtkazadilar.
Halima Yoqub Davlat boshqaruvi akademiyasi va Samarqand shahriga ham tashrif buyurishi rejalashtirilgan.