platina.uz
Jamiyat

Qirgʻizistonda chegarada oʻzbekistonliklardan pul undirib kelgan 4 nafar harbiy qoʻlga olindi

Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi chegarada Oʻzbekiston fuqarolaridan pul undirib kelgan harbiylarni ushladi. 

Qirgʻizistonda chegarada oʻzbekistonliklardan pul undirib kelgan 4 nafar harbiy qoʻlga olindi

Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi maxsus boʻlinmalari tomonidan Oʻzbekiston bilan chegara hududida toʻrt nafar harbiy qoʻlga olindi. Bu haqda Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, "Qaytpas" va "Oʻtukchu" nazorat-oʻtkazish punktlari xodimlari chegaradan oʻtayotgan odamlarni ataylab chorasiz vaziyatga solib, doimiy ravishda pora undirishgan.

Ular Qirgʻiziston-Oʻzbekiston davlat chegarasidan muammosiz oʻtish uchun fuqarolardan 50 dan 1000 somgacha (taxminan 6 mingdan 130 ming soʻmgacha) boʻlgan miqdorda pul talab qilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid