platina.uz
Jamiyat

Vazirlar va hokimlar AKTga oʻqitiladi

Malaka oshirish bilan bogʻliq barcha xarajatlar ularni yuborgan davlat organlarining mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

Vazirlar va hokimlar AKTga oʻqitiladi

2023 yil 1 avgustdan davlat organlarining birinchi rahbarlari raqamli texnologiyalar boʻyicha Davlat boshqaruvi akademiyasida qisqa muddatli kurslarda oʻqitiladi.

Bu haqda 20 mayda imzolangan hukumat qarorida soʻz borgan. Qarorga muvofiq, 2023 yil 1 iyuldan davlat organlarining AKT sohasiga maʼsul xodimlari 3 yilda bir marta malakasini oshiradi.

Malaka oshirish kursi 24 soatdan kam boʻlmasligi lozim, kursni taʼmomlagan xodimlar ikki oyda reyting baholashdan oʻtkaziladi. Malaka oshirish bilan bogʻliq barcha xarajatlar ularni yuborgan davlat organlarining mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

Shuningdek, xodimlar malakasini oshirishga Raqamli texnologiyalar vazirligi masʼul hisoblanadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid