platina.uz
Jamiyat

Bogʻchalardagi oliy maʼlumotli pedagog xodimlarning maoshi oshiriladi

2023 yil 1 iyundan boshlab umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish boʻyicha belgilangan tartib maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari uchun ham tatbiq etiladi.

Bogʻchalardagi oliy maʼlumotli pedagog xodimlarning maoshi oshiriladi

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining oliy maʼlumotli pedagog xodimlarining maoshi oshiriladi. Bu haqda vazirlik maʼlum qilgan.

2023 yil 1 iyundan boshlab umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish boʻyicha belgilangan tartib maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari uchun ham tatbiq etiladi;

2024 yil 1 yanvardan boshlab markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati xodimlarining bazaviy tarif stavka miqdorlari 1,5 baravarga oshiriladi;

2024 yil 1 iyundan boshlab davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining oliy maʼlumotli pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining tegishli pedagog xodimlari bazaviy tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga tenglashtiriladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid