Alkogol qimmatlashi kutilyapti
Oxirgi marta alkogol mahsulotlarining eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlari 2021 yil 1 dekabrda oshirilgan edi.

2023 yil 1 iyundan alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlari oshirilishi rejalashtirilyapti.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida loyiha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga qoʻyilgan.
1 litr alkogol mahsulotlari uchun quyidagi eng kam ulgurji-sotish/chakana narxlar belgilanmoqda:
- aroq va boshqa alkogol mahsulotlari — 37 ming soʻm / 43 ming soʻm (avval — 30 200 / 36 200);
- konyak — 57 400 soʻm / 66 000 soʻm (48 200 / 57 800);
- vino — 14 400 soʻm / 16 400 soʻm (12 000 / 14 200).
Oxirgi marta alkogol mahsulotlarining eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlari 2021 yil 1 dekabrda oshirilgan edi.