platina.uz
Jamiyat

Toshkentda yoʻlovchi avtobus yonib ketdi

Toshkentda Mercedes-Benz rusumli avtobusda yongʻin sodir boʻldi. Natijada transport vositasi deyarli butunlay yonib ketdi.

Toshkentda yoʻlovchi avtobus yonib ketdi

Toshkent shahri Yashnobod tumanida avtobus yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 21 may kuni soat 16:40 da Yashnobod tumani Maxtumquli koʻchasidagi bekatda 96-sonli avtobus yoʻnalishida harakatlangan Mercedes-Benz avtobusida yongʻin sodir boʻlgan.

Shunga koʻra, 2 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 16:45 da hodisa joyiga yetib borib, yongʻin soat 16:50 da oʻchirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.

Yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid