Xalqaro qidiruvda boʻlgan ayol Oʻzbekistonga olib kelindi
Ayollarni fohishalikka yuborib, xalqaro qidiruvda boʻlgan ayol Malayziyada qoʻlga olindi.

Kuala-Lumpurdan Toshkentga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlari hamkorligida odam savdosi boʻyicha xalqaro qidiruvda boʻlgan va koʻp yillar Malayziyada yashirinib yurgan jinoyatchi olib kelindi.
Ayol firibgarlik yoʻli bilan xorijda yaxshi maoshli ishga joylashtirib berishni vaʼda qilib, qizlarni Malayziyaga olib borib, oʻz sheriklari bilan jabrlanganlarning pasportlarini zoʻrlik bilan olib, fohishalik bilan shugʻullanishga majburlagan.
Gumonlanuvchi Interpolning Toshkent va Kuala-Lumpurdagi Milliy markaziy byurolari oʻrtasidagi hamkorlikdagi tadbirlar hamda tezkor-axborot koʻmagi, shuningdek, Oʻzbekistonning Malayziyadagi elchixonasi diplomatik missiyasining bevosita yordami natijasida qoʻlga olindi. Kelishilgan harakatlar tufayli qidiruvdagi ayolni qoʻlga olish va Malayziya rasmlari jinoyatchini Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilmaguncha uni hibsda saqlash mumkin boʻldi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining ekstraditsiya toʻgʻrisidagi iltimosnomasi ijobiy koʻrib chiqilishi natijasida qidiruvda boʻlgan ayol sudda adolat qaror topishi uchun Toshkent shahriga yetkazib olib kelish maqsadida Oʻzbekiston huquq-tartibot idoralari xodimlariga topshirildi.