Surxondaryoda shifoxonada bemorga jismoniy kuch ishlatgan IIB xodimiga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Viloyat prokuraturasi mazkur jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari Muzrabot tumani prokuraturasi tomonidan olib borilayotganini maʼlum qildi.

Curxondaryoda IIB xodimi tibbiy davolash muassasida bemorga kuch ishlatgani haqida xabar bergandik.
Viloyat prokuraturasi xabar berishicha, IIB xodimi tibbiy davolash muassasasida bemorga jismoniy kuch ishlatgani bilan bogʻliq tarqalgan videolavha yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari yakunlandi.
Tergovga qadar tekshiruv natijasiga koʻra, 2023 yil 19 may kuni JKning 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish)1-qismi, 140-moddasi (haqorat qilish) 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari Muzrabot tumani prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
Tergov harakatlarining borishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.