platina.uz
Jamiyat

Qozogʻistondagi YTHda Oʻzbekiston fuqarolari halok boʻldi

Qozogʻistonning Doʻssor-Koʻlsari-Beyneu avtomobil yoʻlida Toyota Ipsum va "KamAZ" toʻqnashib ketishi oqibatida haydovchi hamda 3 nafar yoʻlovchi halok boʻlgan. Ularning barchasi Oʻzbekiston fuqarolari ekani aytilmoqda.

Qozogʻistondagi YTHda Oʻzbekiston fuqarolari halok boʻldi

Bugun, 20 may kuni Qozogʻistonning Doʻssor-Koʻlsari-Beyneu avtomobil yoʻlining 133-kilometrida Toyota Ipsum avtomobili va "KamAZ" toʻqnashib ketgan.

Ushbu YTH hodisasi oqibatida Toyota avtomobili yonib ketgan, haydovchi va 3 nafar yoʻlovchi halok boʻlgan. Ikki yoʻlovchi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.

"Jabrlanganlarning shaxsini aniqlash boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Hozircha halok boʻlganlar Oʻzbekiston fuqarolari ekani maʼlum. Yil boshidan buyon Toyota rusumli avtomashina haydovchisiga nisbatan 10 ta bayonnoma tuzilgan. Ular tezlikni oshirganlik uchun 8 ta, xavfsizlik kamarini taqmaganlik uchun ikkita bayonnoma belgilangan", — dedi Atirau viloyati Politsiya departamenti qoshidagi patrul politsiyasi rotasi komandiri Adilbek Shaxmetov.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid