platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda Yevropa banki mablagʻlari hisobidan 15 ta maktab quriladi

Bu masala boʻyicha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Boshqaruvchilar kengashining 32-yillik yigʻilishida kelishuvga erishildi. Loyihaning kapital qiymati 55-75 million AQSh dollarini tashkil etishi maʼlum boʻldi.

Oʻzbekistonda Yevropa banki mablagʻlari hisobidan 15 ta maktab quriladi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Yevropa banki oʻrtasida 2022 yil 8 apreldagi PF-101-son Farmonda belgilab berilgan YeTTB koʻmagida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida maktablarni rekonstruksiya qilish va jihozlash loyihalarini amalga oshirishga doir uch tomonlama Texnik yordam berish shartnomasi imzolandi.

Qayd etilishicha, bu boradagi oʻzaro hamkorlik ishlari 2021 yil Toshkent shahrida oʻtkazilgan Oʻzbekiston iqtisodiy forumi doirasida boshlangan. Hamkorlik doirasida respublika hududlarida bosqichma-bosqich davlat-xususiy sheriklik asosida yangi davlat umumtaʼlim maktablari faoliyatini yoʻlga qoʻyilishi, ularga xususiy sheriklar tomonidan xizmat koʻrsatilishi va taʼmirlanishi hamda bugungi kunda faoliyat yuritayotgan davlat umumtaʼlim maktablarini rekonstruksiya qilish, qoʻshimcha binolar qurish va taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Jarayonning dastlabki bosqichi sifatida Yevropa rivojlanish va taraqqiyot banki mutaxassislari tomonidan grant olish va maslahatchilarni yollash boʻyicha ichki tahlillar oʻtkazildi hamda mamlakatimizning Namangan va Fargʻona viloyatlaridagi 15 ta maktab loyihaga qamrab olindi. Loyihaning kapital qiymati 55-75 million AQSh dollarini tashkil etadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid