Andijonda bola oʻgʻrilari paydo boʻldimi?
Viloyat IIB bu xabarga munosabat bildirdi.

Tarmoqlarda Andijonda bola oʻgʻrilari paydo boʻlgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, Andijon viloyatining Baliqchi tumanida bola oʻgʻirlari paydo boʻlgani toʻgʻrisidagi xabarlar haqiqatdan yiroq boʻlib, hech qanday bir asosga ega emas. Shuningdek, xabarda ijtimoiy tarmoq faollaridan tasdiqlanmagan maʼlumotlarni tarqatmaslik soʻrab qolingan.




