Toshkent hokimiyatida boʻshatishlar davom etadi
Toshkent shahar hokimligida ishdan boʻshatishlar va yangi tayinlovlar yana davom etadi.

Bu safar hokimiyatning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlimi bosh mutaxassisi Umid Poʻlatov "oʻz xohishiga koʻra" ishdan olingan.
Shuningdek, hokimlik sekretar-referenti Fariduddin Saidov ham "oʻz xohishiga koʻra" lavozimidan ketgan.
Avvalroq Toshkent hokimining diniy tashkilotlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari almashgandi.