Spark uchun shartnoma toʻxtatilgan, ammo hammaga emas
UzAuto Motors kompaniyasi Spark mashinasi uchun shartnoma berishni oʻtgan yili toʻxtatib qoʻygandi. Lekin "ayrim" shaxslar uchun bu mashinaga shartnoma tuzish vakolati berilgandek.

Masalan, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi "Ilhom" mukofoti tanlovi bosh sovriniga Spark avtomobili qoʻyilgan. Sparkni sotib olish uchun esa vazirlik 2023 yil 10 may kuni shartnoma imzolagan.
Spark qayerdan paydo boʻlgani, hozir hech qaysi mashinaga shartnoma berilmayotgani, Spark bor boʻlsa, nega odamlarga sotilmayotgani kabi koʻplab savollar hozircha ochiq qolmoqda.