platina.uz
Jamiyat

DXX "Hududgaz Toshkent" gaz taʼminoti mansabdor shaxslarini qoʻlga oldi

Ular jarima rasmiylashtirmaslik evaziga 8 ming AQSh dollarini til biriktirib olayotganda qoʻlga tushgan.

DXX "Hududgaz Toshkent" gaz taʼminoti mansabdor shaxslarini qoʻlga oldi

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Unda "Hududgaz Toshkent" gaz taʼminoti filialining "Oʻrtachirchiqtumangaz" gaz taʼminoti boʻlimi yetakchi muhandisi M.O. mahalliy MChJga qarashli avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida belgilangan meʼyordan ortiq kompressor jihozlari oʻrnatilganligi uchun jarima rasmiylashtirmaslik evaziga 8 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tezkor surishtiruv harakatlari davomida, u mazkur pul mablagʻini "Hududgaz Toshkent" gaz taminoti filialining yetakchi muhandisi B.M. koʻrsatmasiga asosan olganligi aniqlanib, ushbu shaxs ham ushlandi.

Hozirda holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid