Toshkent hokimining diniy oʻrinbosari almashdi
Toshkent shahri hokimining diniy tashkilotlar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari ishdan olinib, oʻrniga yangisi tayinlandi.

Hokimning jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari Alimardon Qarshiyev lavozimidan ozod etildi.
Uning oʻrniga Abdulvosid Xomitjonov jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosar lavozimiga tayinlandi.
A.Qarshiyev 2019 yildan beri shu lavozimda ishlab kelayotgan edi.




