platina.uz
Jamiyat

Koʻp kvartirali uylarning zilzilabardoshligi oʻrganiladi

2023 yil 1 sentabrdan boshlab olib boriladigan oʻrganishlarda aniqlangan noqonuniy holatlar boʻyicha qonunchilikka muvofiq choralar koʻriladi.

Koʻp kvartirali uylarning zilzilabardoshligi oʻrganiladi

"Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Prezident qaroriga koʻra, 2023 yil 1 sentabrdan:

seysmik faol zonada joylashgan seysmik xavfsizligi III-IV toifaga kiruvchi koʻp kvartirali uylardagi umumiy foydalaniladigan joylarda (zinapoya yoʻlaklari, cherdak va umumiy foydalanishdagi oshxonalarda) oʻzboshimchalik bilan qurilgan konstruksiyalar;

koʻp kvartirali uylarning, shu jumladan ularning yertoʻla va birinchi qavatidagi zilzilabardoshlikka taʼsir qiluvchi konstruksiyalarga oʻzboshimchalik bilan kiritilgan oʻzgartirishlar aniqlanadi.

Aniqlangan noqonuniy holatlar boʻyicha qonunchilikka muvofiq choralar koʻriladi.

Seysmik xavfsizligi II–IV toifadagi qurilayotgan yoki mavjud obʼektlarning konstruksiyasini oʻzgartirish (qavatlar sonini oʻzgartirish, yonma-yon qurish, ustiga qavat qurish) boʻyicha qurilish ishlarini boshlashga faqat loyihaning oʻzgartirilgan shaharsozlik hujjatlari qayta ekspertizadan oʻtkazilib, ijobiy xulosa olingandan soʻng ruxsat etiladi.

2023 yil 1 iyundan:

seysmik xavfsizligi IV toifadagi bino va inshootlar boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish Loyiha-qidiruv tashkilotlari elektron reytingida “S” va undan yuqori toifaga ega tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi;

seysmik xavfsizligi III–IV toifadagi bino va inshootlar boʻyicha qurilish ishlari Qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingida “SSS” va undan yuqori toifaga (shu jumladan “A” va “B” turdagi barcha toifalarga) ega boʻlgan qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan bajariladi.

2023 yil 1 oktabrdan seysmik xavfsizligi II–IV toifadagi bino va inshootlar boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish, qurilish-montaj ishlarini bajarish va nazorat funksiyalarini amalga oshirish yoʻnalishlaridagi faoliyat yurituvchi mutaxassislarni sertifikatlash tartibi joriy etiladi.

2024 yil 1 yanvardan obʼektlarda davlat nazorati, buyurtmachining texnik nazorati, ishlab chiquvchining mualliflik nazorati va pudratchining ichki nazorati tadbirlarini tegishli yoʻnalishlar boʻyicha maxsus bilim va sertifikatga ega mutaxassislar tomonidan amalga oshirish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

Qarorga koʻra, quyidagilarni “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga kiritib borish majburiy hisoblanadi va maʼlumotlarning jamoatchilik uchun ochiqligi taʼminlanadi:

  • qurilish obʼektlari ustidan davlat nazorati;
  • buyurtmachining texnik nazorati;
  • ishlab chiquvchining mualliflik nazorati;
  • pudratchining ichki nazorati tadbirlari;
  • ularda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlar;
  • ularni bartaraf etish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid