platina.uz
Siyosat

Bugun Oʻzbekistonda 200 dan ortiq xalqaro delegatlar kambagʻallikka qarshi kurashishni muhokama qilmoqda

Bugun poytaxtimizda kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha ilgʻor tajribalarni tatbiq etishga bagʻishlangan II Xalqaro forumi boʻlib oʻtyapti. Unda 200 dan ortiq xalqaro delegatlar kambagʻallikka qarshi kurashishni muhokama qilmoqda.

Bugun Oʻzbekistonda 200 dan ortiq xalqaro delegatlar kambagʻallikka qarshi kurashishni muhokama qilmoqda

Forumda Oʻzbekistondagi mutasaddi tashkilotlarning masʼul mulozimlari hamda BMT, BMTTD, XMT, Jahon banki, YuNICEF, OTB, FTA, GIZ kabi boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar ekspertlari ishtirok etmoqda.

Forum avvalida Oʻzbekiston prezidentining forum qatnashchilariga murojaatini davlat rahbari maslahatchisi Ravshan Gulyamov oʻqib eshittirdi.

Murojaatda taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston BMT minbarlaridan bildirgan tashabbuslarining amalga tatbiq etilishi oʻz samarasini bermoqda.

“Bugun Oʻzbekistonda kambagʻallar soni 17 foizdan 14 foizga pasaydi. Bir million fuqaro kambagʻallikdan chiqarilgan. Bu natijalar aholi oʻrtasida kasb-hunar oʻrganish, ish oʻrinlari yaratish, xususiy sektor faoliyatini rivojlantirishga qaratilayotgan izchil iqtisodiy islohotlarning samarasidir.
Shu bilan birga, aholining yordamga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashga katta ahamiyat qaratilmoqda” deyiladi murojaatda.

Shuningdek, Oʻzbekiston mahallalaridan 2300 dan ziyod oilaning ijtimoiy himoya ostiga olingani ham diqqatga sazovorligi qayd etildi.

Xalqaro forumning maqsadi – kambagʻallikka qarshi kurashish boʻyicha ilgʻor jahon tajribasi va usullarini oʻrganish, yaqin yillarda koʻp oʻlchovli kambagʻallikka barham berishda muvofiqlashgan kompleks yondashuv, ijtimoiy himoya va manzilli yordamga alohida eʼtibor qaratgan holda amalga oshiriladigan qoʻshma tadqiqotlar uchun ustuvor yoʻnalishlarini shakllantirish, inson kapitalini takomillashtirish orqali mehnat bozorida oʻqitish dasturlari sifatini oshirish, kichik korxonalarning oʻsishini qoʻllab-quvvatlash, yuqori sifatli taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid