Alisher Sultonov yangi lavozimga tayinlandi
U 2022 yilda energetika vaziri lavozimidan ozod etilgandi.

Sobiq energetika vaziri Sultonov Alisher Saidabbasovich Prezidentning neft-gaz, kimyo va energetika masalalari boʻyicha maslahatchisi etib tayinlandi.
Maʼlumot uchun, Sultonov 2022 yilning aprelda energetika vaziri lavozimidan ozod etilgandi. U 2019-2022 yillarda vazir sifatida ishlagandi.