platina.uz
Jamiyat

YPX formasida odam oʻgʻirlagan jinoiy guruh qoʻlga olindi

Ushbu guruh yetakchisi aybli deb topilib, 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

YPX formasida odam oʻgʻirlagan jinoiy guruh qoʻlga olindi

Jinoyat ishlari boʻyicha Olmazor tuman sudining hukmi bilan 1980 yilda tugʻilgan cudlanuvchi JKning 137-moddasi (odam oʻgʻrilash) 2-qismining "b, v" bandlari, 28,164-moddasi (bosqinchilikda tashkilotchi) 2-qismining "a, b, v" bandlari, 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismining «a» bandi, 28,267-moddasi (transport vositasini olib qochishda tashkilotchi) 2-qismining «b, v» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topildi va 15 yil ozodlikdan mahrum qilindi.

Qolgan uch nafar sudlanuvchilar «odam oʻgʻrilash», "bosqinchilik", "tovlamachilik", "transport vositasini olib qochish" jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topildi.

1997 yilda tugʻilgan cudlanuvchiga 13 yil 6 oy, va 1981 yilda tugʻilgan sudlanuvchiga 13 yil 9 oy, 1994 yilda tugʻilgan cudlanuvchiga esa 14 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sudlanuvilardan solidar tartibda jabrlanuvchi foydasiga 437 139 548 soʻm undirilishi belgilandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid