Tashqi ishlar vaziri Rossiyaga boradi
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 21-22 may kunlari amaliy tashrif bilan Moskvaga boradi.

Rossiya tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarovaga koʻra, Saidov rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashadi.
Uchrashuvda strategik sheriklik va ittifoqchilikka asoslangan ikki tomonlama siyosiy hamkorlik hamda savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar xarakterdagi koʻplab dolzarb masalalar muhokama etilishi kutilmoqda.