platina.uz
Jamiyat

Samarqandda er ikki bolasining joniga qasd qildi

Bunga erkakning Rossiyada ishlab yurgan ayolining xiyonati sabab ekanligi aytilmoqda.

Samarqandda er ikki bolasining joniga qasd qildi

2023 yil 17 may kuni soat 03:00 larda Toyloq tumani yashovchi 39 yoshli erkak Rossiya Federatsiyasiga ishlash uchun ketgan turmush oʻrtogʻini begona shaxslar bilan ishqiy munosabatda boʻlganligi haqida video tasvirlarini koʻrib, u bilan telefon orqali janjallashgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Xayot Shamsutdinov Platina.uz'ga xabar berdi.

Soʻng, u turmush oʻrtogʻidan qasd olish maqsadida yashash uyida uxlab yotgan 2 nafar voyaga yetmagan oʻgʻilini (2015 va 2017 y.t.) qasddan oʻldirgan va tuman IIBga kelib bu haqida maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 97-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Gumonlanuvchi protsessual tartibida ushlangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid