Ilon Mask Twitter’ning yangi bosh direktori kimligini aytdi
Ilon Mask reklama biznesini modernizatsiya qilgan NBCUniversal advertising kompaniyasining sobiq reklama rahbari Linda Yakkarinoni ishga oldi.

NBCUniversal advertising kompaniyasining sobiq reklama rahbari Linda Yakkarino Twitterning yangi bosh direktori boʻladi, deya taʼkidladi hozirgi ijrochi direktor Ilon Mask oʻz “tvit”ida, chunki ijtimoiy media platformasi reklama daromadlarining pasayishini bartaraf etishga harakat qilmoqda.
"Men Linda Yakkarinoni Twitter’ning yangi bosh direktori sifatida qutlashdan xursandman!, deb yozgan Mask juma kuni - " @LindaYacc birinchi navbatda biznes operatsiyalariga eʼtibor qaratadi, men esa mahsulot dizayni va yangi texnologiyalarga etibor beraman."
Comcast Corp koʻngilochar va media boʻlimida reklama biznesini modernizatsiya qilgan Yakkarino, boshqa qiyinchiliklar qatorida qarzga toʻla firmani qabul qilib oladi.
Ilon Mask oktabr oyida Twitter’ni sotib olganidan keyin reklama beruvchilar, Twitter oʻz xodimlarining deyarli 80 foizini yoʻqotganidan soʻng, ularning reklamalari nomaqbul kontent yonida paydo boʻlishidan xavotir olib, bu platformani tark etishgan. Ilon Mask ham bu yil Twitter’ning reklamadan tushgan daromadi keskin pasayganini tan oldi.
Mask minglab xodimlarni ishdan boʻshatdi, obuna boʻyicha mahsulotlarni ishga tushirishga shoshildi, natijada firibgarlarning oʻzlarini yirik brendlar deb koʻrsatishlari uchun imkon paydo boʻldi.
Yakkarino rahbarligida esa Twitter "trayektoriyasi darhol 180 darajali burilish yasaydi", degan marketing konsaltingi bilan shugʻullanuvchi AJL Advisory kompaniyasi bosh direktori Lou Paskalis.
"Twitter reklama hamjamiyatining ishonchiga muhtoj", deya fikr bildirgan GK Digital Ventures media konsalting kompaniyasining bosh ijrochi direktori Greg Kan. "Linda oʻz ishonchini, davraga yangi hamkorlarni jalb qilish va munosabatlarni rivojlantirishning yangi yondashuvlarini namoyish etdi", degan u.
Elektr avtomobil ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasining bosh direktori Ilon Mask oktabr oyida Twitter’ni 44 milliard dollarga sotib oldi. Dekabr oyida u "ishni qabul qila oladigan biror axmoqni topsa", bosh direktor lavozimini tark etishini aytgandi.
Payshanba kuni Mask Twitter’da Yakkarinoni ismini aytmasdan, bosh direktor topgani haqida yozdi. Yakkarinoga yaqin kishilardan biri Maskning tvitlari uning Twitter’ga qoʻshilish jadvalini tezlashtirishi mumkinligini aytdi, bu Tesla aksiyadorlari qalbiga malham boʻlardi.
Juma kuni Tesla aksiyalari 1,3 foizga arzonlashdi, shu bois tahlilchilar bosh direktorni yollash Ilon Maskga elektromobil biznesiga koʻproq eʼtibor qaratish imkonini beradi, deya taxmin qilishmoqda. Lekin Comcast aksiyalari narxi uncha oʻzgarmadi.