platina.uz
Jahon

Ukraina Oliy sudi raisi pora bilan ushlandi

Oliy sud raisi Vsevolod Knyazev 3 million dollar miqdorida pora olmoqchi boʻlgan paytda qoʻlga olindi, deya xabar bergan Ukraina ommaviy axborot vositalari. Ukraina Oliy sudining yana 18 sudyasining ofisi va uyida tintuvlar oʻtkazilmoqda.

Ukraina Oliy sudi raisi pora bilan ushlandi

Kecha, 15 may kuni Ukraina Oliy sudi raisi Vsevolod Knyazev pora bilan qoʻlga olindi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurash milliy byurosidagi manbalarga tayanib, bir vaqtning oʻzida bir necha Ukraina ommaviy axborot vositalari xabar bergan.

Nashrlarning yozishicha, huquq-tartibot idoralari xodimlari Knyazevning 3 million dollarga yaqin pora olishga uringanini rasmiylashtirgan.

ZN.ua maʼlumotlariga koʻra, Knyazev oligarx Konstantin Jevago foydasiga sud qarori chiqarilishini soʻragan shaxslardan pul olgan. Nashrning xabariga koʻra, Oliy sud raisining hibsga olinishi ortidan yana 18 sudyaning ish va turar joylarida tintuvlar oʻtkazilmoqda. Oliy sud “Vsevolod Knyazev atrofida sodir boʻlayotgan voqealar” munosabati bilan 16 may kuni plenumning navbatdan tashqari yigʻilishi oʻtkazilishini maʼlum qildi.

Oʻz navbatida, Korrupsiyaga qarshi kurash milliy byurosi hisobotida aytilishicha, Korrupsiyaga qarshi ixtisoslashtirilgan prokuratura bilan hamkorlikda “Oliy suddagi yirik korrupsiya” fosh etilgan, hozircha tafsilotlar keltirilmayapti.

Knyazevning qamoqqa olinganini Ukraina ichki ishlar vaziri maslahatchisi Anton Gerashchenko ham tasdiqladi. Uning eslatishicha, 19 aprel kuni Oliy sud Shimoliy iqtisodiy apellyatsiya sudi qarorini bekor qilgan, u Poltavaning Ferrexpo kon-qayta ishlash kombinatining 40,19 foiz aksiyalarini toʻrtta kompaniyaga – sobiq aksiyadorlarga sotish boʻyicha 2002 yilgi kelishuvni haqiqiy emas, deb topgan. Gerashchenkoning aytishicha, Konstantin Jevago bilan aloqador kompaniyalar bu aksiyalarni toʻrtta ofshor kompaniyadan sotib olgan. Keyinchalik, bir nechta qoʻshimcha emissiyalardan soʻng, shuningdek, minoritar aksiyadorlardan aksiyalarni majburiy sotib olishdan soʻng, Ferrexpo kon kompaniyasi YuGOKning yagona aksiyadoriga aylangan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid