platina.uz
Jamiyat

Telegramda fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi video joylashtirib kelgan guruh qoʻlga olindi

"Telegram" messendjerida "Hello Tashkent, salam Tashkent" nomli kanal va guruhlarni tashkil etib, ularga fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi video tasvirlarni joylashtirib kelganlar aniqlandi. Kiberxavfsizlik markazi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi.

Telegramda fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi video joylashtirib kelgan guruh qoʻlga olindi

IIV Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi tomonidan "Telegram" messendjerida "Hello Tashkent, salam Tashkent" nomli kanal va guruhlarni tashkil etib, ularga fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi video tasvirlarni joylashtirib kelgan guruh aniqlanib, qoʻlga olindi.

Guruh va kanal boshqaruvchilari joylangan tasvirlarni oʻchirish evaziga tovlamachilik yoʻli bilan fuqarolardan pul talab qilib kelgan. "Hello Tashkent, salam Tashkent" guruh va kanallaridan jabrlangan fuqarolar 102 qisqa raqami yoki +998991176087 raqamlari orqali xabar berishlarini soʻralmoqda.

"Maʼlumot bergan fuqarolarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi", deyiladi xabarda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid