platina.uz
Jamiyat

Namanganda maktab oʻquvchisi istirohat bogʻida vafot etdi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Namanganda maktab oʻquvchisi istirohat bogʻida vafot etdi

Tarmoqlarda Namanganda maktab oʻquvchisi attaraksionda jarohat olib, vafot etgani xaqida video tarqaldi.

Bosh prokuratura ushbu holat 14 may kuni soat 11:30 larda sodir boʻlganini maʼlum qildi.

Aniqlanishicha, 12 yoshli bola Namangan shahardagi istirohat bogʻidagi attaraksionda aylangan vaqtida bosh qismidan tan jarohati olib vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Namangan shahar IIO FMB TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid