Kanada davlatiga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi
U 15 000 AQSh dollari talab qilib oldindan 7 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.
Unda fuqaro N.M. fuqaro D.Q.ni tanishlari yordamida 15 000 AQSh dollari evaziga Kanada davlatiga ishga yuborishi va viza hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 7 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.